26.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Ushbu maqola o‘quvchilarda tinglab tushunish ko‘nikmasini shakllantirish masalasiga bag‘ishlangan. Tinglab tushunish — bu kommunikativ faoliyatning muhim qismi bo‘lib, o‘quvchilarning tilni samarali o‘zlashtirishida hamda o‘rganilayotgan fanlar bo‘yicha ma’lumotni to‘g‘ri qabul qilishda asosiy omillardan biridir. Maqolada tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish metodlari, pedagogik yondashuvlar va samarali usullar o‘rganilgan. Shuningdek, turli pedagogik tadqiqotlar natijalari asosida o‘quvchilarda tinglab tushunishni oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot jarayonida aniq ma’lumotlar va ikki xil jadval yordamida tinglab tushunish ko‘nikmasining o‘quvchilarda shakllanish darajasi tahlil qilingan.
Keywords: tinglab tushunish, ko‘nikma, pedagogika, o‘quvchi, ta’lim jarayoni, tinglash metodikasi, til o‘rganish.