26.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. 1993-yilda Movarounnahr musulmonlari idorasi tizimida muhim oʻzgarish-muftiy, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning isteʻfoga chiqishi va uning oʻrniga yangi muftiy tayinlanishi yuz berdi. Ushbu voqea idora tarixidagi muhim bosqich boʻlib boʻlib, 1996-yilgacha boʻlgan davr, hozirgi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimining shakllanishida soʻngi bosqich hisoblanadi. Mazkur maqolada bu davrda yuz bergan muhim voqeliklar, tarixiy hodisalar va ularning tahlili haqida soʻz boradi.
Keywords: Qayta qurish, muftiy, Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, muxolifat, Robitayi olamil islomiy, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Konstitutsiya, imom-xatib, oʻrta maxsus bilim yurti