OG'IR ATLETIKADA DAST KO'TARISH HAQIDA

15.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5

Abstract. Ushbu maqolada ogʻir atletika sport turi doirasida dast koʻtarish mashqining texnik, tarixiy va fiziologik xususiyatlari ilmiy-nazariy asosda yoritilgan. Dast ko‘tarish harakati og‘ir atletikaning eng muhim va murakkab elementlaridan biri hisoblanadi. Maqolada ushbu harakatning bosqichlari, treningga tayyorgarlik jarayoni, mushaklar va asab tizimining ishtiroki, energiya almashinuvi jarayonlari, hamda sportchilarning texnikasi va natijalarini yaxshilash bo‘yicha takliflar berilgan. Shuningdek, dast ko‘tarishdagi jarohat xavfi va uni kamaytirish yo‘llari ham tahlil qilingan. Maqola og‘ir atletika bilan shug‘ullanayotgan sportchilar va murabbiylar uchun foydali nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Keywords: og‘ir atletika, dast ko‘tarish, sport texnikasi, jismoniy tayyorgarlik, mushak faoliyati, energiya almashinuvi, fiziologik jarayonlar, sport treningi, kuch mashqlari, sportchining tayyorgarligi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor