07.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada tijorat banklari faoliyatini raqamlashtirish orqali mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning bank xizmatlariga tatbiq etilishi xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish, xavfsizlik darajasini kuchaytirish va mijoz ehtiyojlariga yanada mos xizmatlar ko‘rsatish imkonini bermoqda. Maqolada O‘zbekiston bank tizimining raqamli transformatsiyadagi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar (mobil banking, sun’iy intellekt, blokcheyn) orqali xizmatlar sifatini yanada takomillashtirish istiqbollari yoritilgan.
Keywords: Raqamlashtirish, bank xizmatlari, mijozlar ehtiyoji, sun’iy intellekt, mobil banking, blokcheyn, elektron to‘lovlar, xizmatlar sifati, moliyaviy texnologiyalar, raqamli transformatsiya.