14.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4
Abstract. Ish joyida raqamli nazorat vositalarining qo‘llanilishi zamonaviy mehnat munosabatlarida murakkab, ammo muhim masalalardan biri hisoblanadi. Texnologik taraqqiyot tufayli ish beruvchilar xodimlar ustidan bevosita yoki bilvosita nazoratni ancha kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Bu esa, bir tomondan, korxonalar faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilsa, boshqa tomondan, xodimlarning konstitutsiyaviy huquqlariga, xususan shaxsiy hayotga daxlsizlik prinsipiga zid kelishi ehtimolini yuzaga keltiradi. Ushbu maqolada, ish beruvchilarning video kuzatuv, geolokatsiya, elektron pochta monitoringi kabi vositalarni qo‘llashi, bularning qonuniy chegaralari va xodimlarning huquqlari muhokama qilinadi.
Keywords: ish joylarida raqamli nazorat, xodimlarning shaxsiy daxlsizligi, inson huquqlari, shaxsga doir ma’lumotlar, video kuzatuv, elektron pochta monitoringgi.