SPORTCHILARDA MASHG‘ULOT VA MUSOBAQADAN KEYIN ORGANIZMNI QAYTA TIKLASHDA BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALARNING AHAMIYATI

04.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4

Abstract. Ushbu maqolada sportchilarda mashg‘ulot va musobaqadan keyin organizmni qayta tiklashda biologik faol qo‘shimchalarning ahamiyati tahlil qilingan. Sportchilar uchun maksimal natijalarga erishish, jismoniy yuklamalarni engish va tez tiklanish jarayoni juda muhim hisoblanadi. Maqolada biologik faol qo‘shimchalar, ularning turli xil tarkibiy qismlari va organizmga ta’siri haqida so‘z yuritiladi. Bu qo‘shimchalar sportchilarning tiklanish jarayonini tezlashtirish, mushaklar va asab tizimlarini tiklash, energiya miqdorini normallashtirish, shuningdek, umumiy jismoniy salomatlikni yaxshilashga yordam beradi. Ishda biologik qo‘shimchalar yordamida organizmning tiklanishini optimallashtirishning ilmiy asoslari va amaliy usullari ko‘rsatilgan.

Keywords: Biologik faol qo‘shimchalar, sportchilar organizmi, tiklanish jarayoni, mushaklarning regeneratsiyasi, energiya muvozanati, antioksidantlar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor