TA’LIM MUASSASALARIDA PSIXOLOGIK XIZMAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH, IJOBIY PSIXOLOGIYA VA POZITIV KAYFIYAT- SALOMATLIK OMILI

22.03.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 3

Abstract. Maqolada kasbiy ta’limdagi psixologik xizmatning asosiy yo’nalishlari va faoliyatlari, shuningdek, psixologik xizmatlarni tashkil etishning muhim jihatlari ko’rib chiqiladi. Psixologik o’qituv ishlari, psixoprofilaktika, psixodiagnostika, psixokorrektsiya, psixologik maslahat, psixologik trening kabi muhim faoliyat turlari tafsilotlari bilan bayon etilgan. Shuningdek, psixologik tadqiqot metodlarining, masalan, kuzatish, eksperiment, suhbat va anketa metodlarining ahamiyati va amaliyotdagi qo’llanilishi muhokama qilinadi. Ta’lim tizimida psixologik xizmatni samarali tashkil etish orqali o’quvchilarning psixik va shaxsiy rivojlanishiga yordam berish mumkinligi ta’kidlanadi.

Keywords: psixologik xizmat, ta’lim muassasasi, ijobiy psixologiya, psixologik xizmat samaradorligi, psixodiagnostika, psixologik trening, psixologik metodlar, ta’lim tizimi, psixologik maslahat, psixokorrektsiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor