19.03.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 3
Abstract. Mazkur maqola, ona tili ta'limi jarayonida ijodiy matnlardan foydalanishning psixo-pedagogik asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ijodiy matnlar o‘quvchilarning fikrlash, tasavvur va tilni erkin ifodalash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu ishda psixologik va pedagogik nazariyalar orqali ijodiy matnlar bilan ishlashning ta'lim jarayoniga ta'siri, shuningdek, o‘quvchilarning emotsional va intellektual rivojlanishiga qo‘shgan hissasi ko‘rsatilgan. Matnlar orqali o‘quvchilarning individual xususiyatlari va ijtimoiy muhitda o‘z-o‘zini anglash jarayonlari chuqur tahlil qilinadi. Maqola, ijodiy matnlarni ta'limda samarali qo‘llash uchun zarur psixo-pedagogik yondoshuvlarni tavsiya etadi. Shuningdek, ona tili ta’limida ijodiy yondoshuvlarning o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga qanday ijobiy ta'sir ko‘rsatishi haqida misollar keltirilgan.
Keywords: Ona tili ta’limi, psixo-pedagogik, matn, immanent yondashuv, kreativ rivojlanish.