27.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2
Abstract. Hozirgi kunda amalda bo”lgan o’zbek lotin alifbosida rus tili va rus tili orqali Yevropa tillaridan o'zlashtirilgan so’zlarning imlosi bilan bog’liq bir qator orfografik muammolar mavjud. Bu haqda ilmiy jamoatchilik tomonidan matbuot sahifalarida ko’plab fikr-mulohazalar bildirildi. Mazkur maqolada bu boradagi so’nggi yillarda bildirgan mulohazalar va bugungi lisoniy vaziyatni tahlil qilgan holda, fransuzcha so’zlarni o’zbek lotin alifbosida aks ettirish (transliteratsiya) bo’yicha ayrim tavsiyalar ilgari suriladi.
Keywords: so’z o’zlashtirish, manba til, vosita til, imlo qoidalari, transliteratsiya, transkripsiya, fransuzcha toponim va antroponimlar, fransuzcha burun tovushlari, o'zbek lotin alifbosi.