22.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2
Abstract. Ushbu maqolada azot to'plovchi bakteriya shtammlarining soya (Glycine max L.) o'simligi bilan simbiotik munosabatlari tadqiq etilgan. Turli bakterial shtammlarning soya o'simligida azot fiksatsiyasi samaradorligi, simbiotik munosabatlar shakllanish mexanizmlari, atrof-muhit omillarining ta'siri, shuningdek, biotexnologik yondashuvlar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, samarali simbiotik munosabatlar hosildorlikni 20-30% ga oshirishi, tuproq unumdorligini yaxshilashi va mineral o'g'itlar sarfini kamaytirishi aniqlangan.
Keywords: azot fiksatsiyasi, Bradyrhizobium japonicum, simbiotik munosabatlar, soya, tugunaklar, biologik azot fiksatsiyasi, dukkakli o'simliklar, bardoshlilik.