14.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2
Abstract. Mazkur maqolada shimoliy o‘zbek o‘g‘uz guruhiga kiruvchi Iqon shevasining so‘z yasalish tizimi, ayniqsa, –chi affiksining funksional xususiyatlari atroflicha tahlil qilinadi. Ushbu affiksning lug‘aviy va grammatik jihatdan qanday o‘zgarishlarga uchrashi, turli kontekstlarda qo‘llanishi va semantik yuklamalari yoritiladi. Shuningdek, maqolada -chi affiksining boshqa turkiy tillardagi o‘xshashliklari va farqlari ham tahlil qilinib, uning Iqon shevasidagi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari sheva leksikasi va grammatikasining shakllanishi hamda rivojlanish tendensiyalarini tushunishga hissa qo‘shadi.
Keywords: adabiy til, sheva, Iqon shevasi, so‘z yasalishi, yasovchi asos, yasovchi vositalar, affiks, yasama so‘z, morfologiya, so‘z yasalish modellari, derivatsiya, funksional xususiyatlar, grammatik struktura,