14.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2
Abstract. Ushbu maqola, kimyo faniga asoslangan STEAM dasturlarini ishlab chiqish jarayonini o'rganadi. STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) dasturi o'quvchilarga fanlararo yondoshuvni o'rgatib, ilmiy bilimlarni amaliyotda qo'llash imkoniyatini taqdim etadi. Maqolada, kimyo fani asosida STEAM loyihalarini yaratish uchun zarur bo'lgan metodlar, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati, shuningdek, texnologiyalarning o'qitishda qo'llanilishi tahlil qilingan. Kimyo fanini o'rganish jarayonida o'quvchilarda ijodkorlik, amaliy tajriba va fanlararo bog'liqlik rivojlanadi. Loyihalarning natijalari o'quvchilarning ilmiy faoliyatga tayyorlanishini kuchaytiradi va ta'lim tizimida bunday yondoshuvlarning ahamiyati haqida muhokama olib boriladi. Maqola, STEAM dasturlarining ta'lim tizimida kengaytirish zaruratini ta'kidlaydi.
Keywords: STEAM dasturi, kimyo fani, fanlararo yondoshuv, ijodkorlik, amaliy tajriba, texnologiyalar, ilmiy loyihalar, ta'lim innovatsiyalari, STEM, o'qitish metodologiyasi, o'quvchilarni rivojlantirish, ilmiy g'oyalar, o'quvchilarning ko'nikmalari.