04.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1
Abstract. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Maqola kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan metodlar va yondashuvlar, shuningdek, bolalarning tasavvurini kengaytirish uchun ishlatiladigan texnikalar haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, kreativ pedagogik yondashuvlarning o‘quvchilarning mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ta’siri hamda bu yondashuvlarning o‘quvchilarning yangi g‘oyalar yaratish va o‘z fikrlarini erkin ifodalash imkoniyatiga olib kelishdagi roli o‘rganiladi. Bunday pedagogik yondashuvlar o‘quvchilarning akademik muvaffaqiyatlarini oshirish bilan birga, ularning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham katta yordam beradi. O‘quvchilarning o‘zini o‘zi anglash, ijodiy fikrlashni qo‘llash, hamda kelajakda jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga tayyorlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Keywords: Kreativ fikrlash, pedagogik asoslar, ona tili, o‘qish savodxonligi, tanqidiy fikrlash, tasavvur qilish, mustaqil fikrlash, innovatsion metodlar, ijodiy yondashuv, o‘qitish texnikalari, o‘zini anglash, ijtimoiy ko‘nikmalar, akademik muvaffaqiyat.