YOSH BUXOROLIKLARNING DAVLAT BOSHQARUV HUQUQIGA OID ISLOHOTCHILIK QARASHLARI

04.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1

Abstract. Ushbu maqolada XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Yosh buxoroliklarning davlat boshqaruv huquqiga oid islohotchilik qarashlari atroflicha tahlil qilinadi. Yosh buxoroliklar Buxoro amirligi boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish zaruratini ilgari surgan holda, davlat hokimiyatini kuchaytirish va fuqarolik boshqaruvida qonun ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqqan. Maqolada ularning boshqaruv huquqining samaradorligini oshirish, shariat huquqini zamonaviy boshqaruv tamoyillari bilan uyg‘unlashtirish va xalq farovonligini ta'minlashga doir qarashlari muhokama qilinadi. Shu bilan birga, Yosh buxoroliklarning Sharq va G‘arb davlat boshqaruvi tajribalaridan ilhomlanib, mamlakatni zamonaviy boshqaruv tizimiga olib chiqish maqsadida amalga oshirgan amaliy ishlari va ularning huquqiy poydevori o‘rganiladi. Ushbu tadqiqot Yosh buxoroliklarning davlat boshqaruv huquqi sohasidagi hissasini yoritishga va uning tarixiy ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.

Keywords: Yosh buxoroliklar, davlat boshqaruv huquqi, islohotchilik qarashlari, modernizatsiya, Buxoro amirligi, shariat huquqi, qonun ustuvorligi, davlat boshqaruvi tizimi, huquqiy islohotlar, milliy uyg‘onish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor