SURXONDARYO VILOYATIDA AFG'ON SHAMOLINING NAFAS OLISH A’ZOLARIGA TA’SIRI

19.12.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 12

Abstract. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatida esuvchi Afg‘on shamolining nafas olish a’zolariga ta’siri o‘rganilgan. Afg‘on shamoli o‘zining yuqori tezlikdagi iliq va quruq havosi, tarkibidagi chang va zararli zarralari bilan inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi. Maqolada shamolning bronxit, astma, allergik reaksiyalar va o‘pka kasalliklarini keltirib chiqarish ehtimoli, shuningdek, immunitetni zaiflashtiruvchi ta’siri batafsil tahlil qilinadi. Bundan tashqari, zararli ta’sirni kamaytirish uchun shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, havoni toza saqlash, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va tibbiy ko‘riklarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqot Afg‘on shamolining salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun aholi va sog‘liqni saqlash tizimiga oid dolzarb choralarni belgilashga xizmat qiladi.

Keywords: iqlim, geografik joylashuv, antropogen omillar, nafas olish, allergik reaksiyakar, o’pka kasalliklari.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor