30.06.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 6
Abstract. Bugungi tez o’zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko’rilmagan turli yovuz xavf- xatarlarga ham duchor qilmoqda. G’arazli kuchlar sodda, g’o’r bolalarni o’z ota- onasiga, o’z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo’lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz, ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchillik, mahala ko’y bu masalada hushyorlikda va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo’lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g’urur va iftixor bag’ishlaydi. Bu sohada olib borilayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya bo’yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur.
Keywords: Yoshlarga oid davlat siyosati, tolerantlilik xulqi, sport, kitob mutolaasi, xotin-qizlar bandligi, besh tashabbus.