O'ZBEK XALQ KITOBLARI TADQIQOTCHISI

21.05.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 5

Abstract. Ushbu maqolada filologiya fanlari nomzodi, dotsent H. S. Oqboʼtaevning oʼzbek adabiyotining koʼpmingyillik tarixida xalq ogʼzaki ijodi (folьklor) va yozma adabiyot asarlarini ijodiy qayta ishlash asosida vujudga kelgan xalq kitoblari, ularning tasnifi, poetikasi, variantlari, litografik nusxalari hamda xalq kitoblarida avtorlik masalasiga oid qarashlari tahlil qilingan. Shuningdek, olimning tarjimai holi va А. Navoiy, O. Miriy, Hamza, S. Аyniy, Oybek, Sh. Saʼdulla kabi oʼzbek adiblarining ijodi va oʼzbek xalq ogʼzaki ijodi, “Аlpomish” dostoni, “Tohir va Zuhra”, “Qissai Sanobar” kabi xalq kitoblari hamda Fozil shoir, Ergash Jumanbulbul oʼgʼli, Xushboq Mardonaqulov kabi xalq ijodkorlarining repertuarlariga bagʼishlangan tadqiqotlari hamda badiiy ijod bilan ham shugʼullanib, Respublika va viloyat matbuotida oʼzining topishmoq, lapar, sheʼrlari bilan ishtirok etib Xalqiy taxallusi bilan ijod qilgani haqida maʼlumotlar berilgan.

Keywords: o’zbek adabiyoti, xalq ogʼzaki ijodi (folьklor) va yozma adabiyot, xalq kitoblari, mif, afsonalar, qahramonlik eposi, qoʼshiq, lirik sheʼr, folkloristika va adabiyotshunoslik, xalq kitoblari, ularning tasnifi, poetikasi,variantlari, litografik nusxalari, muallifi maʼlum va muallifi nomaʼlum xalq kitoblari.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor