KORXONA SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI

21.05.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 5

Abstract. Bugungi kunda jahon iqti­sodiyotida inqiroz jara­yonlari chuqurlashib, dunyo miqyosida xarid talabi pasayib bormoqda va shun­ga muvofiq tarzda xom­ashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar boʻyicha raqobat yildan-yilga kuchayib bormoqda. Koʻplab rivojlangan va yetakchi mamlakatlar tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, ra­qobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlash­tirish, yuqori texnologiyalarga asos­langan yangi korxona va ishlab chiqa­rish tarmoqlari rivojlanishini taʼminlash, faoliyat koʻrsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya­lash va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish talab etilmoqda.

Keywords: Milliy iqtisodiyot, sanoat ishlab chiqarish korxonalari, raqobatbardoshlik indeksi ko‘rsatkichlari, tadbirkorlik qobiliyati, korxona personali, kommunikatsiya samaradorligi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor