IQTISODIYOT RIVOJIDA INNOVATSIYANING AHAMIYATI

17.05.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 5

Abstract. Ushbu maqolaning dolzarbligi quyidagi bir-biriga bog‘liq holatlar bilan belgilanadi: birinchidan, milliy innovatsiya tizimi shakllanishi hozirgi davrda juda sekin yuz berayotgan va qarama-qarshiliklarga ega bo‘lgan ja rayon bo‘lib, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqish zaruriyati mavjud. Buning uchun milliy innovatsiya tizimi, innovatsion iqtisodiyot mohiyati va mazmunini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishi, milliy innovatsiya tizimining konseptual modelini aniqlashtirish talab etiladi. Ikkinchidan, milliy innovatsiya tizimlarini shakllantirishning turli modellarining yuzaga kelishi va ularning eng samaralisini tanlash muammosi innovatsion rivojlanish modellari tasnifini shakllantirish zaruriyatini belgilab berib, bu mamlakat innovatsiya tizimining hozirgi bosqichdagi holatiga baho berish hamda uni rivojlantirish istiqbollarini aniqlash imkonini beradi.

Keywords: milliy innovatsiya tizimlari, innovatsiya siyosati, innovatsion bilim, texnologiyalar transferi, texnoiqtisodiy paradigma, venchur fondlar, innovatsiya diffuziyasi, innovatsion kadrlar, innovatsion iqtisodiyot.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor