ВЛИЯНИЕ COVID-19 НА ОРГАНЫ

30.04.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 4

Abstract. Birinchi marta Xitoyning Uxan shahrida paydo bo'lgan COVID-19 pandemiyasi hozirgacha butun dunyodagi odamlar hayotiga zarar yetkazdi. Bu COVID-19 ning deyarli barcha organlarga keng qamrovli ta'sir qilishi aniqlandi. Shu vaqtgacha virus organizmda yallig'lanish, endotelit, giperkoagulyatsiya va shish paydo bo'lishiga olib kelganligi aniqlandi.Qon aylanish sistemasida limfotsitopeniya, fibrin degradatsiyasi va DVS sindromi kuzatildi venoz tromboemboliya, o'pka emboliyasi , tizimli va o'pka arterial trombozi va emboliyasi, ishemik insult va miyokard infarkti kuzatildi.Yurakda o'tkir koronar sindrom, o’tkir yurak etishmovchiligi, miyokardit va aritmiyaga olib kelganligi ma’lum. Qon tomirlari ichi koagulyatsiyasi hatto yosh bemorlarda ham uchradi. Bemorlar ta'm hissi buzilganligi haqida shikoyatlar qilishgan. Psixologik muammolar bemorlar orasida keng tarqaldi. Shu jumladan kam hollarda tizimli eritematoz toshmalar ham kelib chiqqan.

Keywords: COVID-19, Endotelial disfunksiya, Giperkkoagulyatsiya, O’tkir buyrak shikastlanishi, O'tkir respirator distress sindromi, Miokardit.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor