TARIXIY SO’ZLARNING SOTSIOPRAGMATIK TADQIQI

29.04.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 4

Abstract. Har qanday badiiy asarda zamon va makon o‘ziga xos betakror o‘ringa ega. Chunki bu kategoriyasiz asarning sujeti va kompozitsiyasini tasavvur qilish qiyin. “Navoiy” romanida ham yuqorida qayd qilingan tamoyil va talablarga amal qilinganligining guvohi bo‘lamiz. Xususan, tarixiy davr va muhit, hayot va sharoitni yorqin ifodalash, hayot haqiqatiga mos voqelik tasvirini berish maqsadida asar matnini tarixiy so‘zlarga boy tarzda shakllantiradi, tarixiy so‘zlarni badiiy maqsadni amalga oshirishga xizmat qildiradi, ulardan unumli foydalanadi. “Navoiy” romani matnlarida istorizm va arxaizm birliklar ko‘pchilikni tashkil qilib, ular asar personajlari nutqini individuallashtirish va voqealar bo‘lib o‘tgan davr, zamonni jonlantirish, uning yorqin tasavvurini hosil qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Keywords: Istorizm, arxaizm lisoniy, nutqiy, stilistik.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor