SHE'RIYAT VA RANG-TASVIR SAN'ATI UYG’UNLIGI

22.02.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 2

Abstract. Badiiy adabiyot boshqa san’at turlari bilan chambarchas bog'liqdir. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlari rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatgani kabi boshqa san’at turlari ham badiiy adabiyot taraqqiyotiga o'z ta’sirini ko‘rsatadi. Ya’ni, adabiyot boshqa san’at turlari bilan aloqada yashaydi va ular ta'sirida takomillashadi. Ranglar hamisha ijodkor uchun fikr quroli, o'xshatish vositasi sifatida xizmat qilgan. Maqolada rassomchilik va she'riyatning bir-biriga o'xshash xususiyati bo'lgan rang-tasvir tilidan foydalanishi va ranglarning ramziy ma'no ifodalashi xususida tahlillar keltirilgan.

Keywords: San'at, rassomchilik, badiiy san'at, rang-tasvir tili, adabiyot, she'riyat, ramziylik, oq, qora, yashil, sariq, qizil, sog'inch rangi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor