International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



PARA DZYUDOCHILARNI TAYYORLASHNING ZAMONAVIY METODIKASI

Maqolada koʻrishida nuqsoni boʻlgan sportchilarni para dzyudo mashgʻulotlariga tayyorlashning pedagogik va metodik asoslari tahlil qilinadi. Texnik-taktik koʻnikmalarni shakllantirish, taktil va eshitish orqali axborot berish, muvozanatni rivojlantirish, xavfsiz yiqilish, individual yuklama va sportchining funksional holatini nazorat qilish masalalariga eʼtibor qaratiladi. Mashgʻulotlarni moslashtirish sportchining koʻrish imkoniyati, avvalgi tajribasi, harakat malakasi va tibbiy tavsiyalarini hisobga olgan holda tashkil etilishi lozimligi asoslanadi. Ikki metodik jadvalda mashgʻulot komponentlari va bosqichma-bosqich nazorat mezonlari umumlashtirilgan. Ish ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahliliga asoslangan boʻlib, yangi tajriba natijalari sifatida taqdim etilmaydi.


14.11.2026 Volume 5 Issue 11 View more Download
BUGUNGI YOSHLAR HAYOTI, QIZIQISHLARI VA KAMCHILIKLARI

Ushbu maqolani yozishdan maqsad hozirgi kundagi yoshlarning hayoti, axloqi, ota-onaga nisbatan muomalasi, qiziqishlari, kamchiliklari, vijdon, mehr-oqibat, oiladagi o’rni kabi qarashlari tahlil qilinadi. O’z fikrim orqali bugungi yoshlar hayotini qisqa va lo’nda qilib ochib bermoqchiman.


14.11.2026 Volume 5 Issue 11 View more Download
TASVIRIY SAN’AT TO‘GARAKLARINI TASHKIL ETISH VA ULARDA SAMARALI O‘QITISH METODLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK-METODIK ASOSLARI

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at to‘garaklarini tashkil etishning pedagogik-metodik asoslari, mashg‘ulotlarni rejalashtirish, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish va samarali o‘qitish metodlaridan foydalanish masalalari yoritilgan. O‘zbek olimlari R. Hasanov, S. Abdirasilov, N. Tolipov, X. Sultanov va S. Sobirovning tasviriy san’atni o‘qitish metodikasiga oid ilmiy-uslubiy qarashlari tahlil qilinib, ularni to‘garak mashg‘ulotlariga tatbiq etish imkoniyatlari asoslangan. Shuningdek, mashg‘ulotlarni bosqichma-bosqich tashkil etish, differensial yondashuv, muammoli-ijodiy topshiriqlar, loyiha metodi va refleksiv baholash asosida o‘quvchilarning badiiy-estetik kompetensiyalarini rivojlantirishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


14.11.2026 Volume 5 Issue 11 View more Download
O'ZBEK TILIDA EMOJI VA SMAYLIKLARNING LINGVISTIK FUNKSIYALARI

Mazkur maqolada raqamli kommunikatsiya sharoitida faol qo'llanilayotgan emoji va smayliklarning o'zbek tilidagi lingvistik, pragmatik hamda diskursiv funksiyalari kompleks tahlil qilinadi. Emoji va smayliklarning paralingvistik vosita sifatidagi mohiyati, yozma nutqdagi hissiy-ekspressivlikni ta'minlashdagi roli, nutqiy tejamkorlikka ta'siri hamda milliy-madaniy semantika bilan bog'liqligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari o'zbek tilshunosligida raqamli diskursni o'rganishning dolzarbligini ko'rsatadi.


14.11.2026 Volume 5 Issue 11 View more Download
QADIMGI UYG‘UR TILIDAGI “MAITRISIMIT NOM BITIG” ASARI TEONIMLARINING TARIXIY-LISONIY TAHLILI

Mazkur maqolada qadimgi uyg‘ur buddaviy adabiyotining ilk yodgorliklaridan biri – “Maitrisimit nom bitig” asarining Sengim nusxasida qo‘llangan teonimlar tarixiy-lisoniy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda tengri, burxan, tengrilar tengrisi burxan, mayitri burxan, qut tengrisi, kün tengri kabi birliklar hamda zardushtiylik va hinduiylik panteonidan o‘zlashgan azrua, hormuzta, vishnu, maheshvari teonimlari semantik, struktur va genetik jihatdan tasniflanadi. Tahlil natijasida qadimgi turkiy tengri leksemasining buddaviy muhitda semantik torayishga uchragani, ko‘p komponentli teonimlarning sanskrit birikmalaridan kalka yo‘li bilan shakllangani hamda teonimlarning bir diniy tizimdan ikkinchisiga ko‘chishi (transonomizatsiya) asoslab beriladi. Olingan natijalar o‘zbek tili teonimiyasining islomgacha bo‘lgan qatlamini o‘rganishda nazariy va amaliy ahamiyatga ega.


14.11.2026 Volume 5 Issue 11 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor