TOTALITAR SOVET HUKIMATDA QATAG‘ON SIYOSATI BOSHQARUV INSTRUMENTI SIFATIDA

20.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2

Abstract. Sovet hukumati davridagi qatag‘on siyosati XX asr tarixining eng ta’sirchan va bahsli mavzularidan biridir. Ushbu maqola Sovet Ittifoqi hukumatining qatag‘on siyosatini boshqaruv vositasi sifatida qo‘llashini o‘rganish orqali, totalitar rejimlarning fuqarolik jamiyati hamda shaxsiy huquq va erkinliklar ustidan qanday nazorat o‘rnatganini tahlil qiladi. Sovet qatag‘onlari bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘sha davrda millionlab oddiy fuqarolar hayotiga qatag‘onning qanday ta’sir ko‘rsatganligini aniq tushunish imkonini beradi. Bu tahlillar orqali zamonaviy demokratik jamiyatlar qatag‘on siyosatlari qo‘llanilgan o‘tmishdan qanday saboq olish mumkinligini ko‘rib chiqish mumkin. Shuningdek, ushbu tadqiqotlar hozirgi va kelajak avlodlarga o‘z hukumatlarining harakatlarini kuzatib borishning muhimligini eslatadi va shu orqali adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi zaruriyatni ta’kidlaydi. Shunday qilib, Sovet Ittifoqi misolida totalitarizmning inson huquqlari va erkinliklariga ta’siri haqida chuqur tasavvurlar hosil qilish va bunday siyosatning kelgusida qo‘llanilishining oldini olishga harakat qilish muhim ahamiyatga ega.

Keywords: totalitar rejim, repressiv siyosat, qo‘rqitish, kollektivlashtirish, muxolifat, quloq, xalqaro izolyatsiya, kommunistik partiya, denonsatsiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor